Amin Ergashev jangi bir raund davom etdi yoxud u Habib Nurmagomedov promoushenida oktagonga ko‘tarildi
Ayni daqiqalarda Rossiyaning Moskva shahrida Habib Nurmagomedovga tegishli EFC (Eagle Fighting Championship) turniri davom etmoqda va unda hamyurtimiz Amin Ergashev o‘z jangini o‘tkazdi.
Og‘ir vazn toifasidagi vakilimizga rossiyalik Dmitriy Xvalchenko raqiblik qildi. Ushbu to‘qnashuv bor yo‘g‘i bir raund davom etdi. Dastlabki soniyalardayoq, "teyk-daun"ni amalga oshirgan Ergashev "parter"da raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Ushbu muvaffaqiyat uning faoliyatidagi 11-g‘alaba bo‘ldi. Shuningdek, faoliyatida to‘rtta mag‘lubiyat ham o‘rin olgan. Mazkur g‘alaba bilan yurtdoshimizni muborakbod etamiz va g‘alabalar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar