Amirullo Mirzaev: "Iqbol Foziljonov ilk horijlik raqibim bo‘ladi"

CHERY AUTO

Ma’lumki, 22 sentyabr kuni K-1 ning professional yo‘nalishi bo‘yicha bir qator hamyurtlarimiz ochiq Osiyo chempionatida ringga ko‘tarilishadi. Bular orasida bir nechtasini tanishtirishga ham ulgurdik. Bugun esa navbatdagi iste’dodli yosh sportchimiz 63.5 kg vazn toifasida jang olib boradigan Amirullo Mirzaev haqida biroz ma’lumot berish barobarida u bilan qisqacha suhbatimizni e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

Amirullo Mirzaev 1999 yil 1 oktyabrda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida K-1 bo‘yicha Osiyo chempioni, muaytay bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi, universal jang bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, muaytay bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchisi.

photo_2019-09-19_21-20-05

- Amirullo asosan muvaffaqiyatlaringiz havaskor yo‘nalishda ekan. Profida ham jang o‘tkazganmisiz?

- Albatta, Uch marotaba bu yo‘nalishda jang olib borganman. Ularning ikiktasida g‘alaba qozonganman. Bir marotaba ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandim.

- Demak, faoliyatingizda bitta mag‘lubiyat bor. Uning muallifi kim edi?

- Toshkentlik Ilhom Rustamov. Bu sportchi juda tajribali, jahon chempioni hisoblanadi.

- G‘alaba qozongan ikki nafar raqibingiz ham o‘zimizning sportchilar bo‘lganmi?

- Ha, Samarqand va Buxorodan.

- Hali profi yo‘nalishda horijlik sportchilar bilan to‘qnash kelmagan ekansizda?

- To‘g‘ri, 22 sentyabr kuni qirg‘izistonlik Iqbol Foziljonov faoliyatimdagi ya’ni profidagi ilk chet ellik raqibim bo‘ladi. Lekin havaskorda juda ko‘plab yurt vakillari bilan jang olib borganman.

- Buxoroda bir nechta yakkakurash turlariga ixtisoslashgan klublar mavjud. Siz qay birida mashg‘ulotlar olib borasiz?

-  “Golden Boys” klubida Dadahon Boboqulov qo‘l ostida janglarga tayyorlanaman.

- 22 sentyabr kuni sizni jiddiy sinov kutib turibdi. Tayyorgarlik yaxshi bo‘ldimi?

- Shubhasiz, har tomonlama tayyormiz. Ruhan, jismonan ajoyib holatdamiz. Xalqimizning duosi, muhlislarimizning qo‘llab-quvvatlashidan kuch olib, albatta g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Shu o‘rinda ushbu turnirda qatnashayotgan barcha terma jamoadagi do‘stlarimga, akalarimizga omad tilayman. G‘alaba qozonib, barchani oldida yuzlari yorug‘ bo‘lsin. Eng asosiysi butun O‘zbekiston sportchilariga, yurtimiz sha’nini har qanday musobaqada munosib himoya qilish nasib qilaversin!

- Albatta ushbu tilaklaringiz o‘zingizga ham hamroh bo‘lsin!

- Katta raxmat.

Ahmadbek EShMATOV tayyorladi.

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!