Amorim: "Bu o‘yin endi o‘tmishda qoldi"

  • 2 may, 15:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Ligasi yarim final bosqichining ilk uchrashuvida "Manchester Yunayted" "Atletik"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvda hujumchi Rasmus Xoylund jamoasi uchun muhim o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvdan so‘ng MYu bosh murabbiyi Ruben Amorim shogirdining harakatlarini yuqori baholadi:

Tecno

"Menimcha, u men bosh murabbiy bo‘lganimdan beri eng yaxshi o‘yinini namoyish etdi. U jamoaga juda katta yordam berdi – to‘p uchun kurashdi, chiqishlar qildi, to‘g‘ri qarorlar qabul qildi.

Bu uning uchun yaxshi palla. Xuddi shuningdek, Xarri Maguayr uchun ham. U tushunishi kerakki, hammasi o‘zgarishi mumkin.

Shuning uchun oldinga qarab, navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Bu o‘yin esa endi o‘tmishda qoldi" – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!