
Amorim “Manchester Yunayted” rahbariyatiga qanday o‘zgarish qilishini aytdi va dastlabki talabni qo‘ydi
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim klubda ish faoliyatini boshladi. Portugaliyalik mutaxassis Trafford mashg‘ulotlar markaziga kelib, rahbariyat vakillaridan Omar Berrada, Den Eshuort va Jeyson Uilkoks bilan uchrashvdi.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Amorim ular bilan dastlabki rejalarini muhokama qilgan va o‘ziga yarasha talablarni ham bildirgan.
- Biz intensiv usulda o‘ynashga qodir o‘yinchilar olishimiz kerak, - deb Amorim klub xo‘jayinlari oldiga asosiy talabini qo‘ydi.
Bundan tashqari, Ruben Amorim islohotlarni himoya chizig‘idan boshlaydi va jamoani uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynashga moslashtiradi.
Bu mutaxassisning o‘yin uslubi “Sporting”ni Portugaliya chempionatining keyingi yillardagi peshqadamiga aylantirdi. Amorim jamoalari hujumkor o‘yin ko‘rsatadi, ko‘p to‘p kiritadi va kam gol o‘tkazadi.
Fikrlar