Amorim: "Manchester Yunayted"da ishlash bu orzu
Ruben Amorim MYudagi ishi haqida gapirdi va jurnalistlar savoliga javob berdi.
"Murabbiy uchun eng yomon narsa jamoaning g‘alaba qozona olmasligi. Liga kubogida uchinchi divizion jamoasi "Grimsbi Toun"ga yutqazgan o‘yinimiz menga hammasidan ham alamlisi bo‘ldi. Keyn esa "Brendford"ga yutqazdik. Bularni his qilish oson emas.
Albatta, "Manchester Yunayted"da ishlash bu shunchaki orzu. Men bu erda faoliyatimni davom ettirishni va sovrinlar yutishni istayman. Men jamoadagi ishimni yo‘qotishdan emas, g‘alabasiz seriyaga tushib qolishdan ko‘proq qo‘rqaman. O‘yin tugagach, lavozimimni yo‘qotish emas, balki g‘alaba qozona olmaganimiz va muvaffaqqiyatsizlikka uchraganimiz ko‘proq alam qiladi, - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar