Amorim MYUning keyingi uchrashuvda kimlar maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Vulverxempton"ga qarshi uchrashuvni 4 nafar futbolchi o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.
"Menimcha, ertangi uchrashuvda Kobbi Meynu, Brunu Fernandesh, De Ligt va Harri Maguayr bizga yordam bera olmaydi",- deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirdi jurnalist Fabrizio Romano
Eslatib o‘tamiz, APLning 19-turida "qizil iblislar" o‘z uyida "Vulverxempton"ni qabul qiladi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 30 dekabrdan 31 dekabrgа o‘tar kechasi soat 01:00 da start oladi.
Fikrlar