"An-Nasr" bosh murabbiyini iste’foga chiqarmoqchi. Sababi...

  • 12.04.2023 13:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"An-Nasr" bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning iste’fosi yaqin, deya xabar berdi "Marca" nashri. 

Ma’lum bo‘lishicha, frantsiyalik mutaxassis xohishi bilan kiyinish xonasida "JCh-2022" qo‘shig‘i yangray boshlagan. Shu payt Ronaldu buni to‘xtatishni so‘ragan va xonadan chiqib ketgan. Rahbariyat esa bu voqeaga reaktsiya bildirib, Garsiyani o‘z ishidan ozod qilmoqchi.

Rudi mavsum boshida klubni qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida "An-Nasr" Saudiya chempionatida ayni payt 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!