
Ana xolos! Afrika Chempionlar ligasi finali javob bahsi natijasi bekor qilindi. O‘yin qayta o‘tkaziladigan bo‘ldi
Afrika Chempionlar ligasining bu safargi finali mojarolar girdobida qoldi.
Gap shundaki, hal qiluvchi bahsga qadar etib kelgan "Esperans" va "Vidad" klublari o‘rtasidagi finalning javob uchrashuvi VAR bilan bog‘liq muammo sabab yakuniga etmay qoldi. Aniqrog‘i, o‘yinni boshqarib borayotgan hakam mehmonlarning toza golini inobatga olmadi. Ustiga-ustak VAR tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab hakam vaziyatni qayta ko‘ra olmadi.
Natijada “Vidad” klubi futbolchilari o‘yinni davom ettirishdan bosh tortishdi va kubok raqibga nasib etdi.
Ammo, Afrika futbol konfederatsiyasi ushbu holat yuzasidan favqulodda o‘tkazgan yig‘ilishda javob bahsi qayta o‘tkazilishi borasida qaror qabul qildi.
Fikrlar