Ana xolos: “Barsa” yulduzi katta pulga “Real”ga o‘tadigan bo‘lyapti

  • 17.02.2026 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ning frantsiyalik himoyachisi Jül Kunde yozgi transfer oynasi davrida klubini oʻzgartirishi mumkin. Tajribali oʻyinchiga kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Rel” jiddiy qiziqish bildiryapti.

Bu haqida Topskills Sports UK nashri xabar berdi.

“Barselona”da Kunde jamoa uchun almashtirilmas oʻyinchi hisoblanadi, ammo agar klubga 60–80 million yevro atrofidagi  miqdorda taklif kelib tushsa,  kataloniyaliklar uning transferi variantini koʻrib chiqishga tayyor.

Taʼkidlash joizki, Jül Kundega “Real”dan tashqari Angliya Premier-ligasidan “Chelsi” ham eʼtibor qaratgan.

Kundening “Barselona” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha moʻljallangan. Joriy mavsumda 27 yoshli Kunde barcha musobaqalarda klub uchun 36 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, futbolchining transfer qiymati  65 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!