Ana xolos! "El-klasiko" yana o‘tkazilmasligi mumkin
La Liganing 10-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” uchrashuvining o‘tkazilishi yana barbod bo‘lishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari internetda “el-klasiko”ni barbod qilish bilan taxdid qilishmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda “Kamp Nou” arenasi atrofida klub avtobuslarini stadionga kirishga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan 25 mingta odam bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Real” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar