Ana xolos! Kuman "Barsa"dan APL yulduzini sotib olmaslikni so‘ragan

  • 11 sentabr, 2020, 11:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyang transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazmaslikni so‘ragan.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, niderlandiyalik mutaxassis kataloniyaliklar postiga kelguniga qadar, "Barsa" vakillari gabonlik forvardning agenti bilan muvaffaqiyatli kelishuvga erishish arafasida bo‘lgan. Biroq Kuman yangi klubida terma jamoadagi shogirdi Memfis Depayni ko‘rishni istagan va Obameyang transferi to‘xtab qolgan.

O‘tgan vaqt davomida "kanonirlar" yulduzi klub bilan amaldagi shartnomasini yana 2 yilga uzaytirdi va jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi. "Ko‘k-anorranglilar" esa Depay transferi borasida hali kelishuvga erisha olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!