Ana xolos! “Manchester Yunayted” futbolchilari o‘zaro mushtlashdi
Britaniyaning mashhur The Sun nashrining xabar berishicha, navbatdagi mashg‘ulotlardan birida “Manchester Yunayted”ning ikki futbolchisi o‘zaro mushtlashib ketgan. Ayni paytda mushtumzo‘r futbolchilarning kimligi sir tutilmoqda.
Mashg‘ulotda qatgangan qolgan futbolchilar urushqoq jamoadoshlarini ajratib qo‘ydi. Murabbiylar mashg‘ulotni o‘sha vaqtning o‘zida to‘xtatishga va davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Bu holat jamoaning ichida muhit yaxshi emasligidan dalolat beradi.
Yozda jamoani qabul qilib oladigan Erik ten Xag yaqinda manchesterlik futbolchilarning kelasi mavsum qo‘llanadigan o‘yin uslubiga ko‘nikishi uchun yozgi ta’tilni ikki haftaga qisqartirgan edi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi bosh murabbiy ichki muhitni to‘g‘rilash va futbolchilarni birlashtirish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.



Fikrlar