Ana xolos! Mbappe PSJdan o‘z shartnomasini sotib oladi!

  • 17.10.2022 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klubdan o‘z shartnomasini sotib olib, qishki transfer oynasi ochilishi bilan poytaxtni tark etishi mumkin, deb xabar tarqatmoqda Madrid Universal va L'Equipe nashrlari.

Agar Mbappe o‘z shartnomasini sotib olsa, avtomatik tarzda erkin agentga aylanadi va yanvar oyida o‘ziga yangi jamoa tanlash imkoniga ega bo‘ladi.

Ma’lumki, Mbappe o‘tgan mavsumdan keyin PSJ bilan yangi shartnoma imzolaganidan keyin klubga juda ko‘p muammo tug‘dirmoqda. U klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va janubiy amerikalik futbolchilar bilan chiqishi olmayapti.

Mbappe klub rahbariyati unga bergan va’dalarini bajarmaganligini iddao qilmoqda va bosh murabbiy Kristof Galte qo‘llayotgan o‘yin uslubi unga mos emasligiga norozilik bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!