Ana xolos! Mishel Platini FIFAni mafiyaga o‘xshatdi
UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini yana FIFA sha’niga tanqidiy fikrlarni bildirdi.
“FIFA va Lozannadagi arbitraj sudi xuddi mafiyaga o‘xshaydi. Bu kichkina Shveytsariyadagi katta oila. Ular uchrashib, o‘zaro kelishishadi, qaror chiqarishadi. Ular sizni futboldan ketishga majbur qilishi mumkin. Men hech qanday yomon ish qilmadim, ammo ular meni Blatter bilan birga yo‘q qilishdi. Men hammasini ichkaridan ko‘rdim. Ular nima xohlashsa shuni qilishadi, ular hech kimga bo‘ysunishmaydi. Mening FIFA prezidenti bo‘lolmaganim ham ularning ishi”, - deydi Platini.
Eslatib o‘tamiz, Platini FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter bilan birga Qatarga Jahon chempionati mezbonligini olib berishda porga olganlikda ayblangan edi.

Fikrlar