
Ana xolos. Mourinoga baykot e’lon qilishdi!
“Roma” bosh murabbiy Joze Mourinoning boshi g‘am-tashvishdan chiqmay qoldi. Portugaliyalik murabbiy muvaffaqiyatsizlik sababini tashqaridan qidirmoqda. Joze endi italiyalik jurnalistlar bilan ham kelisha olmay qoldi.
Manbalar, Mourino matbuot anjumanlaridan birida taniqli jurnalist Marko Yurichni haqorat qilganini keltirmoqda.
Unga ko‘ra, Joze Mourino matbuot anjumanida Marko Yurich savoliga javob berish o‘rniga “Sen deyarli har bir matbuot anjumaniga kelasan. Boshqalarga o‘zingni juda aqlli ko‘rsatmoqchi bo‘lasan, aslida unday emas. Men ham seni aqlli, deb o‘ylashni istayman, lekin sen o‘z bilganingni qilishdan qolmaysan", - degan ekan.
Bunga javoban Retesport radiostantsiyasi Joze Mourinoga nisbatan boykot e’lon qilgani haqida bayonot berib, o‘z jurnalistlarini portugaliyalik murabbiy ishtirokidagi anjumanlarga yubormasligini ma’lum qildi.
Fikrlar