
Ana xolos: Muhammad Saloh “Liverpul”dan ketishini e’lon qildi
“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Salohning kelajagi ko‘pchilikni qiziqtirib kelayotgan edi.
Misrlik forvardni anchadan beri Saudiya Arabistoni klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lyapti. Salohning “Liverpul” bilan hamkorligi joriy mavsum oxirigacha davom etishi belgilangan.
32 yoshli futbolchining o‘zi kelajagi bo‘yicha aniq qarorini aytdi.
- Bu mening “Liverpul”dagi oxirgi yilim, - dedi Muhammad Saloh.
Tajribali to‘purar liverpulliklar safida 2017 yildan beri to‘p tepyapti. Hozirga qadar barcha turnirlarda 351 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 213 ta gol va 90 ta assist rasmiylaytirgan.
Fikrlar