
Ana xolos! "Napoli"ga 33 yil kutilgan chempionlikni taqdim etgan Spalletti klubni tark etish arafasida!
"Napoli" klubi bosh murabbiyi Luchano Spalleti jamoani tark etishi kutilmoqda. Mavsum yakunlangach, uning o‘rnini boshqa mutaxassis egallashi mumkin.
"Qaror qabul qilindi! Faqat rasmiy xabar berilishi qoldi, xolos", - dedi mutaxassis kecha "Inter"ga qarshi o‘yindan so‘ng.
Ma’lumot o‘rnida, Spalletti boshqaruvi ostida "Napoli" 33 yildan so‘ng yana Italiya chempioni bo‘ldi va 3-marta "Skudetto"ga ega chiqdi.
Uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan murabbiylar orasida Antonio Konte, Kristof Galte (PSJ), Vinchentso Italyano ("Fiorentina") va Jan Pero Gasperini ("Atalanta") kabi nomzodlar bor.
Fikrlar