
Ana xolos! Ramos "Milan"ga o‘tishi mumkin
Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos jamosini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.
Agar 32 yoshli futbolchi va klub prezidenti Florentino Peres o‘rtasidagi kelishmovchilik yaqin oylarda bartaraf etilmasa, u boshqa jamoaga o‘tib ketadi. Uning yangi jamoasi esa “Milan” bo‘lishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi o‘zining bolalikdagi kumiri hisoblangan Paolo Maldini sabab aynan “rossonerilar” taklifini qabul qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Ramos “Real” safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “qirollik klubi” safida jami 603ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 84ta gol hamda 39ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar