Ana xolos! Ronaldu "Real"ga qaytadi

  • 1 may, 2022, 15:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida "Real"ga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Mirror.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” rahbariyati hujumchining qaytishidan manfaatdor. O‘z navbatida portugaliyalik futbolchi ham qaytishni istamoqda. Aytish kerakki, Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha "Real"da o‘ynagan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

37 yoshli Ronaldu joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sardorbek Mamatqulov
01/05/2022 19:08
Zoʻr boʼlar edi