Ana xolos! Ronalduni ko‘rmagan koreyalik muxlislar tashkilotchilardan 50 mln evro talab qilishmoqda

  • 31 iyul, 2019, 17:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy koreyalik muxlislar “Yuventus” hamda K-Liga yulduzlari o‘rtasidagi uchrashuv tashkilotchilari bilan sudlashishmoqchi.

Tecno

Gap shundaki, stadionga kelgan 60 ming nafar muxlis turinliklarning asosiy yulduzi Krishtianu Ronalduni maydonda ko‘rishmagan. Shartnomada esa Ronaldu ushbu uchrashuvda kamida 45 daqiqa o‘ynashi va o‘yindan so‘ng dastxat qo‘yish marosimida ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan edi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra advokat Kim Min-Ki tashkilotchilarga jamoaviy da’vo arizasi tayyorlamoqda. U chiptalar uchun to‘langan 52,40 evro va uning komissiyasi uchun 0,76 evro, bundan tashqari etkazilgan ma’naviy zarar uchun har bir muxlisga 760 evrodan tovon puli to‘lanishini talab qilmoqchi. Bu esa taxminan 50 mln evro bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri shu kuni Ronaldu jarohati sabab maydonga tushmaganini iddao qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!