
Ana xolos! Serxio Ramos "Liverpul" va "Barsa"ga qarshi o‘ynamaydi
"Real" klubida jiddiy kadrlar muammosi yuzaga keldi. Gap Serxio Ramos to‘g‘risida ketmoqda.
"El Chiringuito" nashri tomonidan tarqatilgan xabarga ko‘ra, madridliklar sardori oyoq mushaklaridan jarohat olgan. Endi u taxminan bir oyni o‘tkazib yuboradi. Bu Ramos terma jamoalar ixtiyoridan qaytganidan keyin ma’lum bo‘ldi.
Oldinda "Qirollik klubi"ni bir necha muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Xususan, jamoa 7-15 aprel oralig‘ida 3 ta super to‘qnashuvda ishtirok etadi. EChL doirasida "Liverpul" bilan ikki bor o‘yin o‘tkazadigan "qaymoqranglilar" 11 aprel sanasida "Barselona"ni o‘z maydonida qabul qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 35 yoshli himoyachi joriy mavsum "Real" libosida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 1 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar