
Ana xolos: Serxio Ramos terma jamoaga olinglar, deyapti
“Sevilya”ga qaytgan tajribali himoyachi Serxio Ramos endi Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini ham qayta tiklamoqchi.
- Bir yil oldin terma jamoadan ketish haqida qaror qabul qilgandim. Endi vaziyatga qarab, terma jamoaga qaytishim mumkin. Men uchun mamlakatim nomidan to‘p tepish sharaf, - dedi Serxio Ramos.
Ispaniyalik himoyachi milliy terma jamoada 16 yil – 2005-2021 yillar davomida o‘ynagan. Bu vaqt mobaynida Ramos 180 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 23 ta gol ham yozdirib qo‘ygan.
37 yoshli himoyachi terma jamoa bilan 2008 va 2012 yillari Evropa chempioni, 2010 yilda esa, jahon chempioni bo‘lgan.
Fikrlar