Ana xolos: Shomurodov o‘rnini bahaybat yulduz egallaydi!

  • 26 avgust, 2023, 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ni ikki yildan beri Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqa olmayotgan Joze Mourino so‘nggi urinishda bu ishni amalga oshirmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis bu vazifani tarkibni yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirish orqali bajarishga kirishdi.

Tecno

Joze Mourino sport direktori Tyagu Pinto yordamida asosiy jamoaning 13 nafar o‘yinchisini boshqa klublarga jo‘natib yubordi. Shulardan o‘n nafari to‘liq sotib yuborildi.

eldor-shomurodov-blizok-k-perehodu-v-torino_1673427531897387096

Ketganlar orasida Eldor Shomurodov ham bor. Legionerimiz bir million evro evaziga “Kalyari”ga ijaraga berildi. Biroq, Rim klubi rahbariyati mavsum oxirida sardiniyaliklar o‘zbek futbolchisini 9 million evroga to‘liq transfer qilishiga umid bilan qaramoqda.

“Roma”ga Eldor Shomurodov bilan bir paytda – 2021 yili kelgan urugvaylik himoyachi Matias Vina “Sassuolo”ga, gambiyalik Ebrima Darbo Avstriyaning “LASK” jamoasiga yuborildi va ularda ham Shomurodov singgari kelasi mavsum yana Rimga qaytish huquqi saqlanib turibdi.

“Roma” kirish transferlarda huddi superklublar singari katta ma’yorlarga tayandi. Hozircha, oltita o‘yinchi keldi. Ularning hammasi mashhur. Rimliklar Leandro Paredesni PSJga kerak bo‘lmay qolgani uchun 2,5 million evroga sotib oldi. Even Ndika “Ayntraxt”dan, Ussem Auar “Lion”dan erkin agent sifatida tekinga olib kelingdi. Har ikki futbolchi Joze Mourinoning mavqei uchun rimliklarni tanladi.

Mourino PSJdan Renatu Sansheshni, “Bayer”dan Sardor Azmunni, “Lids”dan Rasmus Kristensenni ijaraga oldi.

Endi “Roma” yana bir katta transfer arafasida turibdi. Joze Mourino Eldor Shomurodovdan bo‘shagan hujum markaziga Romelu Lukakuni olib kelishni deyarli uddalab bo‘ldi.

Belgiyalik bahaybat forvard jamoa topishga ancha qiynaldi. “Inter”ning qolish haqidagi iltimoslariga ko‘nmagan Romelu “Yuventus”ga o‘tishga harakat qilib ko‘rdi, lekin o‘xshamadi. Lukaku tegishli bo‘lgan “Chelsi” bosh murabbiyi Mauriso Pochettino tajribali hujumchini rasmiy o‘yinlar qolib, hatto mashg‘ulotga ham qo‘ymadi.

30 yoshli to‘purar atrofida vujudga kelgan vaziyat Joze Mourino foydasiga ishladi. Bunda o‘yinchining A Seriyada to‘p tepish istagi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Ana shu maqsadda Lukaku Saudiya Arabistonidan kelgan katta shartnomalarni qabul qilmadi. Boshqa chempionatlardan bo‘lgan takliflarni inobatga olmadi. Hatto, “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga ko‘nmadi.

“Chelsi” va “Roma”ning Lukaku bo‘yicha muzokaralari yakunlanish arafasida turibdi. “Aristokratlar” ijara muddati uchun 8-10 million evro talab qilyapti. Rimliklar bu pulni bermoqchi.

Lukakuning o‘zi A Seriyaga qaytish uchun maoshini 7 million evrogacha qisqartirilishiga rozilik berishi kerak edi. Chunki Italiyaning aksariyat jamoalari vaqtincha to‘p tepadigan yulduz uchun bundan ko‘p maosh to‘lay olmaydi.

Romeluning jurnalistlarga, “Rimga uchyapman, shartnoma imzolash uchun”,  degani hujumchi va klublar ijara transferi bo‘yicha barcha masalani ijobiy hal qilganidan dalolat beradi, deb baholash mumkin.

igrok-chelsi-lukaku-vsyo-blizhe-k-perehodu-v-romu_16929697441761056311

Demak, “Roma” murabbiylar shtabi Eldor Shomurodovdan bo‘shagan o‘rinni Romelu Lukakudek bahaybat va jismonan baquvvat hujumchi bilan to‘ldirmoqda.

Legionerimiz: Baxaga alohida rahmat!

Legionerimiz o‘zini o‘zi sotib olgani oshkor bo‘ldi

Rossiyaliklar O‘zbekistonga qarshi o‘ynaydigan futbolchilar nomini e’lon qildi

Dunyoning eng qimmat o‘nta ligasida to‘rtta o‘zbek to‘p tepmoqda!

Mashhur futbolchi: O‘g‘lim Shomurodovga muxlislik qilyapti!

Rossiya uchun O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynash qiziq!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!