Ana xolos: Yangi xo‘jayin “Manchester Yunayted”ga boshqa murabbiy tanladi
“Manchester Yunayted” boshqaruviga qo‘shilgan ser Jim Retklif klubda katta o‘zgarishlar boshlash arafasida turibdi.
71 yoshli milliarder niderlandiyalik bosh murabbiy Erik ten Xag xizmatidan foydalanmaslikka qaror qildi. Bu haqda taniqli jurnalist Mayk Makgret xabar tarqatdi.
Retkliff jamoani “Chelsi” va “Brayton”da ishlagan Grem Potter boshqarishi kerak, degan fikrni ilgari surmoqda. Tez orada klub mutasaddilari bu mutaxassis bilan muzokara boshlashga tayyorlanmoqda.
Grem Potter bahordan beri ishsiz yuribdi. Uning xizmatlariga Shvetsiya futbol federatsiyasi, “Lion” va “Napoli” klublari rahbariyati qiziqish bildirgandi. Biroq ish hamkorlikkacha etib bormadi.
Fikrlar