
Ana xolos! "Yuventus" yangi sanktsiyalarga duchor bo‘lmoqda
Turinning “Yuventus” klubi yana janjal markazida. Bu safar Italiya futbol federatsiyasi “keksa senyora”ni maoshlar bilan bog‘liq firibgarlikda aybladi. Bu haqda "Football-Italia" nashri xabar bermoqda.
Yangi ayblovlar munosabati bilan italiyalik grandga bir qator jazolar qo‘yiladi. Ya’ni agar bu tasdiqlanchsa pul jarimasi va ochkolar jamoadan olib qo‘yiladi. Batafsilroq ma’lumot "Yuventus" moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ish bo‘yicha jazo olganidan keyin paydo bo‘ladi.
“Yuventus” joriy mavsumda 35 ta o‘yinda 69 ochko to‘plagan. Massimiliano Allegri shogirdlari A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar