Ana xolos:“Real” Mbappe va Xoland transferiga pul topdi

  • 26 noyabr, 2023, 15:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” kelasi yoz transfer bozorida faol ishtirok etishni rejalashtirmoqda. AS nashrining ma’lum qilishicha,  madridliklarda katta transferlarni amalga oshirish uchun etarli darajada mablag‘ to‘plangan.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi”da 128 million evro naqd pul bor. Shuningdek, klub g‘aznasida 265 million evro miqdorida hali ishlatilmagan kredit summalari ham yig‘ilib qolgan.

Bundan tashqari, “Real” o‘tgan yozda Karim Benzema va Eden Azar kabi katta maosh oladigan o‘yinchilardan qutildi.

Manbaning ta’kdlashicha, hozir “Real”ning moliyaviy sharoiti Ham Kilian Mbappe, ham Erling Xolandni transfer qilish imkonini beradi.

25 yoshli frantsiyalik hujumchining PSJdagi shartnomasi yozda tugaydi. Biroq 23 yoshli norvegiyalik to‘purar “Manchester Siti” bilan 2027 yilning yozigacha hamkorlik qilishi belgilangan.

Har ikki forvard dunyoning eng qimmabaho futbolchilari hisoblanadi. Ularning transfer summasi 180 million evrodan baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!