
Anchelotti "Everton"da Moyesning 17 avvalgi rekordini takrorladi. U nima qildi?
Xabaringiz bor "Everton" 21 dekabr kuni Karlo Anchelottini bosh murabbiy sifatida ommaga e’lon qilgan edi.
Aytish kerakki 60 yoshli italiyalik mutaxassis o‘tgan vaqt ichida APLda 2 ta o‘yin o‘tkazdi va ularning ikkalasida ham “irischilar” g‘alaba qozonishdi. Aniqrog‘i, Anchelotti jamoasi dastlab "Byornli"ni (1:0), keyin esa"Nyukasl"ni (2:1) engdi.
Squawka nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Anchelotti tayinlanganidan keyin APLda qatorasiga 2 ta o‘yinda g‘alaba qozongan“Everton”ning so‘nggi 17 yil ichidagi dastlabki murabbiyi bo‘ldi.
Aytish kerakki so‘nggi bor bunday natijani 2002 yil shotlandiyalik mutaxassis Devid Moyes qayd etgan edi.
Fikrlar