Anchelotti Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin, xatto, jamoa mundialga chiqqan taqdirda ham
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura o‘z lavozimidan chetlatilishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 69 yoshli mutaxassis terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqan taqdirda ham iste’foga chiqarilishi mumkin.
Ushbu lavozimga eng asosiy nomzod sifatida Karlo Anchelotti ko‘rilmoqda. Eslatib o‘tamiz, italiyalik mashxur mutaxassis yaqindagina Myunxenning “Bavariya” klubidan iste’foga chiqarilgan edi.
Ma’lumot uchun, JCh-2018 yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Italiya terma jamoasi pley-offning dastlabki bahsida safarda Shvetsiyaga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.



Fikrlar