Anchelotti Lokatellini "Real"da ko‘rmoqchi

  • 29.01.2023 20:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasida. Uning hamyurti, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda "Calciomercatoweb" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" Lokatellining o‘rniga Sebalos va qo‘shimcha pul berishga ham tayyor. 25 yoshli futbolchi hozirda "Sassuolo"da ijara asosida o‘ynamoqda va mavsum oxirida uning shartnomasi yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Lokatelli joriy mavsumda barcha musobaqalarda 22 ta bahsda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!