Anchelotti Modrichga zo‘r ish taklif qildi

  • 20 fevral, 2024, 13:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning 38 yoshli hujumkor yarim himoyachi Luka Modrich agar mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, uni o‘zining murabbiylar shtabiga ishga taklif qildi. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mont ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik yarim himoyachi Anchelottining taklifini ijobiy qabul qilgan, biroq hali futbolchilik faoliyatini davom ettirishi uchun etarlicha kuchi bor ekanligina ishonmoqda.

Qayd etilishicha, Modrichga ayni damda AQSh va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi ham Amerika klublaridan birida o‘ynashni afzal ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda Modrich "Real"dagi o‘yin vaqtidan noroziligi va Madrid klubini tark etish variantlarini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!