
Anchelotti nega darrov Neymarga qo‘ng‘iroq qildi?
“Real”dan ketishi aniq bo‘lgan Karlo Anchelotti murabbiylik faoliyatini Braziliya terma jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.
65 yoshli mutaxassis yangi ishga o‘tishi bilan Neymarga qo‘ng‘iroq qildi. Anchelotti 33 yoshli futbolchiga 2026 yilgi jahon chempionatida aynan unga tayanishini va Braziliya terma jamoasiga shu yulduzning etakchilik qilishini aytgan.
Shuningdek, Anchelotti o‘zining sobiq shogirdi – hozir “Manchester Yunayted”da o‘ynayotgan Kazemiro bilan ham gaplashgan. Yangi murabbiy keyingi paytda ko‘p tanqid qilinayotgan yarim himoyachining tajribasidan foydalanishi bildirgan.
Neymar Braziliya terma jamoasiga oxirgi bor 2023 yilning kuzida jalb qilingan edi. U terma jamoa safidagi oxirgi o‘yinida og‘ir jarohat olib, bir yildan ortiq vaqt davolanishiga to‘g‘ri keldi. Kazemiro ham ikki yildan beri o‘z yurtining bosh jamoasidan chorlov olmayotgan edi.
Fikrlar