Anchelotti Neymar mavzusini muhokama qilishdan bosh tortdi

  • 27.03.2026 12:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasining Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinidagi (1:2) magʻlubiyatdan soʻng Neymarning yoʻqligi haqida gapirishni istamadi.

34 yoshli hujumchi bu yigʻin uchun terma jamoaga chaqirilmagan edi. Oʻyin davomida braziliyalik muxlislar uning nomini hayqirib chaqirishdi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mutaxassisdann Neymar jamoada boʻlganda natija oʻzgarishi mumkinmi, degan savol soʻraldi.

"Biz maydonga chiqqan va bor kuchini bergan futbolchilar haqida gapirishimiz kerak.

Ular oʻzlarini koʻrsatishdi, qattiq mehnat qilishdi va men ulardan mamnunman. Endi keyingi oʻyinga — Xorvatiyaga qarshi bahsga tayyorgarlik koʻramiz", — dedi Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!