Anchelotti yana Xamesni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi

  • 2 iyun, 2019, 17:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges mavsumlar oralig‘ida "Napoli"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli kolumbiyalik futbolchini shaxsan Karlo Anchelotti​ o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Ta’kidlash kerakki, Xames o‘z vaqtida "Real" va "Bavariya"da Anchelotti qo‘l ostida to‘p surgan va shu bois italiyalik mutaxassis uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Xabarlarga qaraganda Anchelotti ushbu transfer yuzasidan allaqachon futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan ham gaplashgan.

Eslatib o‘tamiz, Xames so‘nggi ikki mavsumni "Bavariya" safida ijara asosida o‘tkazdi. Unga ayni damda shuningdek "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" klublari ham xaridor bo‘lishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!