“Andijon” – “Neftchi” o‘yiniga chiptalar sotuvga chiqdi

  • 24 mart, 2017, 12:50
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Xabaringiz bo‘lsa kerak, ertaga Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadionida katta futbol mavsumi boshlanadi. Unda muxlislar O‘zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan “Andijon” – “Neftchi” o‘yiniga guvoh bo‘ladi. Bo‘lajak “Vodiy derbisi”ga bo‘lgan qiziqish yuqori.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur uchrashuvga chiqarilgan chiptalar bugundan savdo kassalarida sotilmoqda.

Chiptalar narhi 5000, 6000, 7000, 8000 so‘mdan qilib belgilangan.

Manzil: Eski shahar hududi.

Mo‘ljal: “Navro‘z” stadioni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!