"Andijon" 10 nafar yangi futbolchilar bilan kelishuvga erishdi
“Andijon” jamoasini bir qator etakchi futbolchilar tark etayotgani sababli mahalliy muxlislar tashvishga tushib qolishgandi. Bu borada hali “Andijon” biror-bir yangi o‘yinchilarni jalb qilmayapti, kelasi yilga tarkib qanday ko‘rinishda bo‘larkin, degan xavotirlar ishqibozlar orasida ko‘payib borayotgandi.
Kuni kecha “Andijon” bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jaev sports.uz saytiga bergan intervyusida shuni ma’lum qildiki, hozirga qadar 10 nafar yangi o‘yinchilar bilan kelishuvga erishilgan. Ular yanvardagi yig‘inda jamoa mashg‘ulotiga qo‘shilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, yana muzokaralar davom etayotganini ham bildirib o‘tdi.
Tez orada sports.uz saytida G‘ulomxo‘jaev bilan uyushtirilgan qiziqarli suhbatni o‘qishingiz mumkin. Saytimizni kuzatishda davom eting!

Fikrlar