
"Andijon" bugun qishki yig‘in doirasidagi ilk nazorat o‘yinini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, “Andijon” jamoamiz mavsumlar oralig‘idagi ilk tayyorgarlik bosqichini 15 dekabrdan o‘z qarorgohida boshlagan.
Rejaga ko‘ra, mazkur yig‘in doirasida bitta o‘rtoqlik uchrashuvi mo‘ljallangan.
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, aynan bugun – 26 dekabr kuni jamoamiz a’zolari o‘z qarorgohida Rashid G‘ofurov bosh murabbiyligidagi “Navbahor-farm” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu nazorat-sinov uchrashuvi orqali “Andijon”ning yangi mavsum uchun ko‘rayotgan dastlabki tayyorgarlik bosqichi yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Navbahor-farm” o‘rtasidagi o‘yin soat 14:00 da boshlanadi.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar