"Andijon" ertadan Dukentda yig‘in boshlaydi
Ma’lumki, “Andijon” klubi “Mavsum-2023” uchun tayyorgarligini 15 dekabrdan boshladi va ilk yig‘in 26 dekabrga qadar davom etdi.
Rejaga binoan jamoamiz yangi yildan keyingi tayyorgarligining ikkinchi bosqichini 3 yanvardan Dukentda boshlaydi. U erdagi yig‘in 21 yanvarga qadar davom etadi.
Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini mobaynida jamoamiz 4 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Bu xususida tez orada ma’lumot beramiz.
Qolaversa, selektsiya ishlari ham faol darajada olib borilmoqda. Tabiiyki, Dukentdagi yig‘inda tarkibga yangi o‘yinchilar ham qo‘shilishadi.
Shu bois muxlislarni xursand qiladigan yangiliklar ham bo‘ladi. Bu borada tez orada xabar qilamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar