“Andijon” futbolchisi xorijdan pul kutyapti
Joriy mavsumni “Andijon” klubi safida boshlagan serbiyalik markaziy himoyachi Nemanya Chalasan yangi chempionatga moslashuvi va Qozog‘istondagi sobiq klubi “Elimay” bilan munosabatlari haqida gapirdi.
- Ayta olamanki, men O‘zbekistonga allaqachon moslashib oldim, lekin liga haqida hozircha gapirishga erta, chunki faqat uchinchi tur o‘tdi.
“Elimay”ga kelsak, bu yaxshi va tartibli klub, ular rivojlanishda davom etmoqda.
Qarzlar masalasi bo‘yicha aytsam, ular menga tegishli bo‘lgan barcha maosh va mukofot pullarini to‘lab berishdi.
Faqat bir narsa — o‘tgan mavsumda evrokuboklarga chiqqanimiz uchun belgilangan bonusni hali to‘lashmadi. Lekin men ular buni ham albatta to‘ladi, deb ishonaman, - dedi Chalasan.
2025 yildgi mavsumda Nemanya Chalasan “Elimay” safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatma bergan.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Semey shahri jamoasi Qozog‘iston Premier-ligasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va shu orqali bu yil yozda UEFA Konferensiyalar ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.
2026 yilning yanvarida “Andijon” klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan 29 yoshli Nemanya Chalasan Superligada uchta uchrashuvda qatnashib, gol urishga ham erishdi.
Tajribali himoyachi faoliyati davomida “Andijon”ga kelgunga qadar Serbiya, Portugaliya va Qozog‘iston chempionatlarida to‘p tepgan.
Fikrlar