"Andijon" hamda "Turon" o‘rtasidagi uchrashuv joyi o‘zgardi

  • 07.01.2021 17:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oldin xabar berganimizdek, 9 yanvar kuni “Andijon” jamoasining “Turon”ga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Mazkur o‘rtoqlik o‘yini Andijonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Biroq “Turon” jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilovning sports.uzga ma’lum qilishicha, maydon bilan bog‘liq muammo tufayli o‘yin Farg‘onaga ko‘chirildi. O‘z navbatida “Andijon” ustozi Otabek G‘ulomxo‘jaev ham ushbu bellashuvning Andijonda emas, balki Farg‘onada o‘tkazilishini tasdiqladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!