
"Andijon" safida bir qator legionerlar ko‘rikdan o‘tishmoqda
Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan Superliga debyutanti – “Andijon” o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirmoqda.
“Burgutlar”ning Toshkentdagi yig‘inida moldoviyalik yarim himoyachilar – Ilie Damaschan va Vadim Kalegxer ishtirok etmoqda. Shuningdek, belaruslik hujumchi Mikolayu Zemko ham ayni damda “Andijon”ning poytaxtdagi mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. Agar ushbu legionerlar murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirishsa, yangi mavsumni “Andijon”da o‘tkazishadi.
Ma’lumot uchun, ushbu uchchala legioner ham bugun “Andijon” safida AGMKga (0:1) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.
Fikrlar