
"Andijon" safiga yangi futbolchi qo‘shildi
Dukentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan “Andijon” jamoamiz selektsiya ishlarini ham davom ettiryapti.
Kuni kecha safimizga yana bir yangi futbolchi qo‘shildi. O‘tgan mavsumni “Turon” klubida o‘tkazgan 24 yoshli iqtidor egasi Sardor Abdunabiev bugundan mashg‘ulotlarimizda ishtirokini boshladi.
Abdunabiev asli AGMK klubiga tegishli bo‘lib, “Turon”da ijara evaziga to‘p surgan. U 2022 yili pro ligada 17 ta uchrashuvda maydonga tushib 1 ta gol urdi. Qizig‘i, o‘sha yagona golini chempionatning oxirgi turida “Andijon” darvozasiga kiritgan.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar