"Andijon-SGS" bosh murabbiyi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 23 mart, 2023, 23:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 2-turida “Aral” o‘z maydonida “Andijon-SGS”ni qabul qilib 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin mehmon jamoa bosh murabbiyi Shoxruh Ishanov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Tecno

- Uchrashuv to‘g‘risida fikrlaringiz qanday?

- “Aral” muxlislarini va jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bir-birimizni bilgan jamoalar edik. Birinchi marta to‘qnash kelayotganimiz yo‘q, bu to‘rtinchi uchrashuvimiz. Tayyorgarlik ko‘rib kelgandik. Kuchligi yutdi.

- Etib kelish qiyin bo‘lmadimi?

- Yo‘q, qiyin bo‘lmadi. Rahbariyat tomonidan sharoit yaratildi. Samolyotda keldik va yana samolyotda qaytib ketamiz. Og‘ir yo‘l bosib kelganimiz yo‘q.

- Hakamlar to‘g‘risida nima deysiz?

- Hakamlar haqida hech nima deya olmayman. Maydonda qarorni hakamlar chiqaradi, biz emas.

- Birinchi bo‘limdan keyin vaqt cho‘zishlar bo‘ldi...

- Bu hamma jamoada bo‘ladi, deb o‘ylayman. Albatta, ular hisobda oldinga chiqib olganidan so‘ng bunaqa narsalar boshlandi. Biz kuch topib hisobni tenglashtirdik. Ozgina vaqt qolgandi. Biroq yana hakamning qarori bo‘yicha penalti qo‘yildi – 3:2. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Maydon xususida nima deysiz?

- Maydon yaxshi. Bunaqa maydonda o‘ynaganmiz. Birinchi bor o‘ynayotganimiz yo‘q. Maydon masalasida e’tirozim yo‘q.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
24/03/2023 04:37
Яшанг Шох,рух, Эшон сизга ва жамоангиз ширин газга кегинги учрашувларда галаба тилаймен