"Andijon" ustozi "Zomin"ga qarshi o‘yindan keyin nimalar dedi?

  • 6 mart, 2022, 18:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Zomin” hamda “Andijon” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Viktor Kumikov quyidagilarni aytdi:

Tecno

- Afsuski, uchrashuv boshidanoq o‘yinimiz o‘xshamadi. Nima sababdan bunday bo‘lganini bilmadim. Aslida barchasi yaxshi bo‘lishi kerak edi. Birinchi bo‘limda hech nima o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar qildik. Shundan keyin o‘yinimizda biroz bo‘lsa ham o‘zgarish bo‘ldi. Lekin gol urolmadik.

 Albatta, o‘yindan qoniqmadim. Tajribali futbolchilarimizga ruhiy bosim bilinmasligi kerak. Hozir yana yigitlar bilan gaplashamiz. Bugungi uchrashuvda bizga 3 ochko juda muhim edi. Hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Umid qilamanki, keyingi bellashuvlarda ijobiy natijalarga erishamiz.

“Zomin”da maqsad yo‘q, shu bois ularda hech qanday bosim ham yo‘q. Natijada raqib bugun ancha erkin harakat qildi. Bizda gol urishga ko‘proq imkoniyatimiz bo‘ldi. Bitta gol urib olganimizda ishlarimiz yurishib ketardi. Tabiiyki, hujum chizig‘imizdagi o‘yindan qoniqmadim, - dedi Viktor Balyutovich.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Аминжон Ахмедов
07/03/2022 18:04
Хурматли тренер бу уйинчиларингиз биланбирга ётиб бирга турмасангиз улар туни билан чойхонада паловхонтура еб семириб юраверади
&
Bek 56
06/03/2022 19:07
Уйиндан бир кун олдин к,айси ахмокни ташаббуси билан таништирув ва к,ароргохни очилиш маросими бу'лди албатта у'йинчилар рухий жихатдан чарчаган ундан кегин йу'лда хам чарчашган яна янгиерни базасида колишган нимабор янгиерда у'тган йили хам янгиердан сурхонга карши у'йинда самаркандга бориб ютказган янгиердан ку'ра жиззахни яхши мехмонхонасида дам оли ракибни ёрворса бу'ларди