"Andijon" va "Qo‘qon-1912"dagi barham topgan noxush seriyalar, Olmaliq hamda Farg‘onada sobiqlar dueli va boshqalar haqida

  • 22 aprel, 2019, 11:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

18-21 aprel kunlari Superligada 5-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Bellashuvlarda kutilmagan natijalar ham qayd etildi. Jumladan "Andijon" o‘z maydonidagi ochilish o‘yinida ilk daqiqadayoq gol urib, yakunda "Nasaf"dan ustun keldi. Vadim Abramov hozirgi jamoasining sobiq futbolchilari va murabbiyi Mirjalol Qosimovni Olmaliqda mag‘lubiyatga uchratdi. Abramov yoshlar bilan ham natija ko‘rsatsa bo‘lishini, faqat eng kuchlilar orqali muvaffaqiyat qozonish shart emasligini isbotlamoqda.

Huddi shunday yana bir bahsda "Navbahor" "Surxon"ni yirik hisobda engdi. O‘tgan yilgi "navbahorchilar"ning aksari bu mavsum termizliklar sharafini himoya qilishayotganidan xabaringiz bor.

Ishlari yurishmayotgan "Qo‘qon-1912" mavsumdagi ilk g‘alabasini Navoiyda qo‘lga kiritdi. Oxirgi daqiqalarga urilgan gol No‘mon Hasanovni biroz tanqidlardan holi qildi.

Ulug‘bek Baqoev "So‘g‘diyona"dagi ilk o‘yinida muvaffaqiyat qozondi. O‘zbekiston chempioni Buxoroda, turnir jadvalini boshqarayotgan "Paxtakor" Toshkentda 3 ochokni o‘z hisoblariga yozdirib qo‘yishdi.

Quyida tur tafsilotlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin:

PAXTAKOR – DINAMO 2:0

Birinchi taymda mezbonlar tomonidan ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keltirildi. Jaloliddin Masharipov, Farruh Sayfiev, Dragan Cheran va Marat Bikmaevning zarbalari noaniq chiqdi yoki mehmonlar posboni mahorat ko‘rsatib, "Dinamo"ni gollardan asrab qoldi.

Tanaffusdan keyin yanada hujumkorlikni oshirgan poytaxtliklar darvoza ustuni va to‘sinini nishonga olishdi. Masharipov, Bikmaev, Cheran va Yaxshiboev yo‘llagan to‘plar darvozaga kirishi uchun bir necha santimetr etishmadi.

Shu kuni asosiy tarkibda maydonga tushgan Javohir Sidiqov 76-daqiqada hisobni ochdi. U Jasurbek Yaxshiboev qanotdan uzatgan to‘pni boshi bilan to‘rga yo‘lladi.

Oradan 5 daqiqa vaqt o‘tib, Jaloliddin Masharipov chiroyli gol muallifiga aylandi. U qanotdan jarima maydoniga yaqinlashib, yaqin burchakka kuchli va aniq zarba berdi.

2:0 hisobidagi g‘alaba "Paxtakor"ni turnir jadvalida peshqadam sifatida saqlab qoldi.

Gollar: Javohir Sidiqov 76, Jaloliddin Masharipov 81

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullaev (Odiljon Hamrobekov, 45), Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Igor Sergeev, 86), Egor Krimets, Dostonbek Hamdamov (Jasurbek Yaxshiboev, 70), Marat Bikmaev, Farruh Sayfiev, Marko Simich, Javohir Sidiqov.

Zaxira: Eldor Suyunov, Akramjon Komilov, Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev, Vladimir Kozak, Sobit Sindarov.

“Dinamo”: Shohruh Eshbo‘taev, Mirkomil Loqaev, Hakimxon Alamxonov, Akmal Holmurodov, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmetov (Amirjon Safarov, 61), Bobur Qosimov, Abbos Shodmonov, Damir Temirov (Siroj Hamroev, 68), Sardorbek Eminov, Ixtiyor Toshpo‘latov (Nizom Norov, 78).

Zaxira: Shohruh Raimov, Avaz Agaliev, Vohid Shodiev, Komil Sharofutdinov, Obidjon Hakimov, Dilmurod Karimov.

Ogohlantirishlar: Sadriddin Abdullaev 43, Ixtiyor Toshpo‘latov 76.

7846 tomoshabin.

Davron Fayziev: - Muxlislarga yoqadigan futbol shohidiga aylandik. "Paxtakor" bilan tengma-teng o‘ynashni maqsad qilgandik. Shunday ham bo‘ldi, lekin mezbonlar natijaga erishishdi.

Kontsentratsiyaning yo‘qolishi birinchi gol bilan yakunlandi. Bunda biroz tajriba etishmadi. Agar tezkor hujumlarimizdan foydalanganimizda, kamida 1 ochko bilan qaytishimiz mumkin edi.

Ikkinchi taymda tempning keskin tushishi shogirdlarimni natija uchun o‘ynagani bilan bog‘lash mumkin. Himoyachi tushirib, Sayfiev va Masharipovning hujum qiladigan tomonini yopishga harakat qildim. Lekin o‘ng qanotdan aniq uzatma bo‘lishi Sidiqovning goliga zamin yaratdi. Shogirdlarim o‘sha vaziyatda Cheran va Bikmaevga e’tibor berib, Javohirni unutib qo‘yishdi.

"Paxtakor"ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman va Qatarda bo‘ladigan uchrashuvda ularga omad tilayman.

Shota Arveladze: - Hujumkor futbol ko‘rsatdik va ko‘plab vaziyatlarni sodir etdik. Bo‘sh darvozaga gol ura olmadik, to‘sin hamda ustunlarni nishonga oldik. O‘yinni nazorat qildik. Raqib esa kutilganidek himoyaviy taktikadan foydalandi. Ular qarshi hujumlarga o‘tishga urinishdi. 2-3 marta shunday holatlarda yaxshi harakat qilishdi. Biz esa birinchi golni tezroq urishimiz lozim edi. Ikkinchi bo‘limda sur’atni yanada oshirdik. Natijada ikki to‘p kiritdik.

Sergeev maydonga tushirilgach, Bikmaev markazga o‘tib hujum ortida o‘ynashga tushdi. U bu pozitsiyada o‘zini noqulay his etmaydi.

"Al Sadd"ga qarshi uchrashuv arafasida Sadriddin Abdullaevning jarohat olgani bezovta qilmoqda. Har 3-4 kunda o‘ynash oson emas. Sadriddin tibbiy tekshiruvdan o‘tadi va shunga qarab xulosa chiqaramiz.

 

ANDIJON – NASAF 3:1

18 aprel kuni “Andijon” klubi “Sog‘lom avlod” o‘yingohida mavsumdagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Mezbonlar ta’mirdan chiqarilgan stadionda “Nasaf”ni qabul qilishdi. O‘yinga O‘FA birinchi-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov ham tashrif buyurdi va Superligaga qadam qo‘ygan “Andijon” jamoasini tabriklab, sportga, hususan futbolni rivojlantirishga qo‘shayotgan salmoqli mehnatlari uchun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovni maxsus sovrin bilan taqdirladi.

Ilk daqiqalarda maydon egalari standart vaziyatiga ega bo‘lishdi. Mamatkazinning bosh bilan yo‘llagan zarbasini Umidjon Ergashev bartaraf etdi, biroq undan qaytgan to‘pni Shahzod Ubaydullaev yaqin masofadan darvozaga kiritdi.

Tezkor goldan o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan qarshiliklar hujumga o‘tishdi. Natijada oradan ko‘p vaqt o‘tmay vaziyatni o‘nglashdi. Bobur Davlatov uzatgan to‘pni Murtozaev boshi bilan to‘rga yo‘lladi.

Birinchi taym yakunlanish arafasida Ro‘zimboy Ahmedov katta sahnaga chiqdi. Abdulloh Olimovning jarima zarbasidan so‘ng “Nasaf” darvozasi oldida pala-partishlik yuzaga keldi. Bundan Ro‘zimboy Ahmedov samarali foydalanib, jamoasini tanaffusga g‘olib tarzda chiqib ketishini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘limda Umidjon Ergashev raqib futbolchisi Farhod Bekmurotovga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun Ravshan Ermatov penalti belgiladi. 11 metrli nuqtadan Ro‘zimboy Ahmedov gol urdi.

83-daqiqada mehmonlar vakili Humoyun Murtozaev hisobni qisqartirdi. Biroq qanot hakami o‘yindan tashqari holatni qayd etdi.

"Andijon" mavsumdagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Gollar: Shaxzodbek Ubaydullaev 1, Humoyun Murtazoev 18, Ro‘zimboy Ahmedov 40, penalti 57

“Andijon”: Vitaliy Mirniy, Boburjon Amanov, Oybek Qilichev, Farhod Bekmurotov (Asror G‘ofurov, 60), Shahzodbek Ubaydullaev (Farhod Mirahmatov, 46), Abdulloh Olimov, Dilshod Rahmatullaev, Ildar Mamatkazin, Ro‘zimboy Ahmedov (Sardor Sulaymonov, 79), Abror Husinov, Bobur Akbarov.

Zaxira: Ruslan Matniyazov, Ibrohim Otaxonov, Doniyor Ismoilov, Radosav Aleksich, Xushnud Avilov, Shahboz Jumaboev.

“Nasaf”: Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullaev, Azizjon G‘aniev (Husniddin Aliqulov, 63), Dilshod Saitov (Oybek Bozorov, 52), Humoyun Murtazoev, Sharof Muhitdinov, Doniyor Narzullaev, Bobur Davlatov, Sardor Abduraimov (Islom Rashidxonov, 77), Xurshid Muxtorov, Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: Abduvohid Ne’matov, Alisher Yusupov, Islom Kenjaboev, Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev.

Ogohlantirishlar: Umarbek Eshmurodov 37, Azizjon G‘aniev 43, Umidjon Ergashev 55, Vitaliy Mirniy 87, Asror G‘ofurov 90+2.

16856 tomoshabin.

Ro‘ziqul Berdiev: - Uchrashuv keskin kurashlar ostida o‘tdi. Jamoam “Andijon”dan aslo kuchsiz emas. To‘g‘ri, mag‘lubiyatga uchradik. Lekin kelgusi bahslarda, albatta, yutamiz. Bunga yuz foiz ishonchim komil.

Eng asosiy vazifamiz – yoshlarning tajriba to‘plashlariga imkon berish. Mag‘lubiyatga sabab – standart vaziyatlaridir. Shogirdlarimga qoidani kamroq buzishimiz kerakligini aytgandim.

Gollarda darvozabonni ayblamoqchi emasman. Butun jamoa xato qildi. Natija bo‘lmaganidan keyin, albatta, o‘yinimiz ham qoniqtirmadi. Tezkor gol ta’sir qildi deb o‘ylamayman.

Ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat. Mana shu ruhiy holatdan chiqib ketishimiz lozim.

Bobir Abdixoliqovning jarohati bor. Unga hozircha dam olish va davolanishga imkoniyat yaratib berdik. Islom Kenjaboev shamollab qoldi. Bundan tashqari "Paxtakor" bilan bahsdagi jarohati hali bitmagan.

Hakamlik? Murtozaev gol urgan vaziyatda o‘yindan tashqari holat yo‘qqa o‘xshadi. Lekin hali o‘zim buni videoda ko‘rib chiqmadim. Shu bois aniq bir gap ayta olmayman.

Ildar Sakaev: - Mana shunday bayramni tashkil qilib bergani uchun Andijon viloyati hokimiga rahmat aytaman. O‘zim futbolchi bo‘lgan davrlarga qaytishni xohladim. Shunaqa stadion, muhitda o‘ynagim keldi. Yigitlardan minnatdorman. Ishqibozlarimizni xursand qildik.

Tarkibdan kelib chiqib o‘ynayapmiz. "Nasaf" juda kuchli jamoa. Barchasi yigitlarni keyingi bellashuvga tayyorlashga bog‘liq. Bahs unutiladi, natija tarixda qoladi. Bugun bayram, yutmaslikka haqqimiz yo‘q edi.

 

BUXORO – LOKOMOTIV 0:2

Doim zaxiradan maydonga tushayotgan Arslonmurod Amanov “Buxoro”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda ko‘rinish berdi. Andrey Fyodorov shu kuni mezbon jamoani yaxshi biladigan turkmanistonlik o‘yinchiga ishonch bildirdi. Amanov o‘tgan mavsum “Buxoro” sharafani himoya qilgan va ularning nozik nuqtalaridan xabardor edi.

“Temiryo‘lchilar” ustozining ushbu “yurishi” ish berdi. Turkmanistonlik legioner 15-daqiqada hisobni ochdi. Arslonmurod Amanovning jarimadan bergan zarbasi posbonning xatosidan keyin darvozaga kirib ketdi.

Uchrashuvning uchdan bir qismi ortda qolayotgan bir paytda Temurxo‘ja Abduxoliqov muvaffaqiyatga erishdi. Jamoadoshidan kelgan to‘pni hujumchi boshi bilan to‘rga yo‘lladi.

Ikkinchi taymda Salamat Qutiboev va uning sheriklarida qulay imkoniyatlar yaratildi. Mehmonlardan esa Jamshid Iskanderov va Diyorjon Turopovning paslarini yakunlaydigan futbolchi topilmadi.

Gollar: Arslonmurod Amanov 15, Temurxo‘ja Abduxoliqov 29

“Buxoro”: Rahimjon Davronov, Ivan Fatich, Azamat Isroilov, Ivan Nagaev, Salamat Qutiboev, Asadbek Sobirjonov (Jamoliddin Ubaydulloev, 72), Behruz Shodmonov (Firdavs Asadov, 60), Ergash Ismoilov, Vladimir Baenko, Jahongir Abdumo‘minov (Akram Bahritdinov, 46), Doston Ibragimov.

Zaxira: Xurshid Xo‘jaev, Mirjalol Jumaev, Akobir To‘raev, Robbim Hasanov, Tohir Shamsitdinov, Artyom Kulesha.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov (Diyorjon Turopov, 63), Sardor Mirzaev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filipp Raevats, 73), Husniddin G‘ofurov (Avazbek O‘lmasaliev, 46), Yovan Jokich, Davronbek Hoshimov, Oleg Zoteev, Arslonmurod Amanov, Igor Elich.

Zaxira: Ma’mur Ikromov, Azizbek Haydarov, Azizbek Amonov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Bobur Ergashev.

Ogohlantirishlar: Ivan Fatich 17, Azamat Isroilov 32, Yovan Jokich 37, Salamat Qutiboev 65, Anzur Ismoilov 70, Ergash Ismoilov 80.

13256 tomoshabin.

Andrey Fyodorov: - Jamoamiz va uning barcha ishqibozlarini g‘alaba bilan tabriklayman. Uch ochko osonlikcha qo‘lga kiritilmadi. Mezbonlardan biroz boshqacharoq futbol kutgan edik. Har yili Buxoroga kelganda ancha qiyinchlikka duch kelamiz. Zero, ushbu klub futbolchilari o‘z maydonida borini berib harakat qiladi. Qolaversa, ishqibozlar ham raqibni juda yaxshi qo‘llab-quvvatlashadi. Ilk daqiqalarda jamoamizda ancha bosim bo‘ldi. Lekin quvonarlisi – yigitlar ushbu holatdan chiqib ketishdi.

Baxtiyor Ashurmatov: - O‘yinni yomon boshlamadik. Lekin himoyadagi kutilmagan xato va gol yigitlarning shashtini biroz sindirdi. “Lokomotiv” o‘zining kuchli jamoa ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Raqib darvozasi yaqinida xavfli vaziyat yaratishda qiynaldik. Boisi toshkentliklar mudofaada juda tartibli o‘ynashdi.

Stadionimiz muxlislar bilan to‘lib toshishini juda ham istayman. Lekin bir bellashuvda yutib, keyingisida mag‘lubiyatga uchrayapmiz. Bunday vaziyatda ishqibozlarning o‘yingohga kelishi kamayadi. Sekin-asta o‘yinimizni yaxshilab, tomoshabinlarni g‘alaba bilan xushnud etish niyatidamiz.

 

QIZILQUM – QO‘QON-1912 0:1

Bu mavsum halaba nimaligini bilmay kelayotgan “Qo‘qon-1912” Navoiyga safar uyushtirdi. Avvalgi ikkita uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan qo‘qonliklar safardan uch ochko bilan qaytishdi.

Bahs teng kurashlar ostida boshlanib so‘nggi daqiqalarga qadar shunday ruhda davom etdi. Jamoalar ijrosida xavfli vaziyatlarni kam ko‘rdik. O‘yin maydon markazida kechdi. Birinchi taymda darvozabon Islom Abdullaev jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

Uchrashuv taqdirini Murod Xolmuhammedovning yagona goli hal etdi. Himoyachi 90-daqiqada jarima maydoni yaqinidan standart vaziyatidan darvozaning pastgi burchagini ishg‘ol qildi. Aylantirib yo‘llangan to‘pni mezbonlar posboni qaytara olmadi.

Shu tariqa, No‘’mon Hasanov shogirdlari mavsumdagi birinchi g‘alabalarini qo‘lga kiritishdi.

Gol: Murod Xolmuhammedov 90

Qizilqum”: Artyom Makosin, Erkin Boydullaev, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev, Eldor Boymatov, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo‘raev (Alisher Sanoev, 59), Elguja Grigalashvili, Xurshid Olimov (Mirjalol Qosimov, 46), Maqsud Karimov, Ariagner Smit Medina (Murod Bobojonov, 69).

Zaxira: Evgeniy Cheremisin, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Azizbek Usmonov, Suhrob Yarashov, Behzod G‘anijonov.

Qo‘qon-1912”: Islom Abdullaev, Quvondiq Ro‘ziev, Avaz Mamatxo‘jaev, Oybek Rustamov, Behruz Sa’dilloev (Jasur Hasanov, 68), Suhrob Berdiev, Iqbol Malikjonov (Jamshid Hasanov, 82), Shahboz Erkinov (Timur Usmonov, 90+4), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov.

Zaxira: Sarvar Karimov, Boyan Knejevich, Muhammadanas Hasanov, Timur Hakimov, Milosh Nikolich, Dilshod Baratov.

Ogohlantirishlar: Shahboz Erkinov 37, Maqsud Karimov 54, Muhsin Ubaydullaev 57, Mirjalol Qosimov 87, Elguja Grigalashvili 89

2670 tomoshabin.

No‘’mon Hasanov: - O‘yin bitta golgacha edi. Ikki jamoa durangga loyiq edi. Ikkita mag‘lubiyatdan futbolchilarim to‘g‘ri xulosa chiqarib, yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Uzoq yo‘l bosib Navoiyga kelgan muxlislarga rahmat.

Olmaliqdagi bellashuvdan keyin istalgan murabbiy iste’foga chiqardi. Ammo rahbariyat meni jamoada qoldirishga qaror qildi. Agar kuchli murabbiy olib kelishsa, u jamoani o‘zgartirsa, klubni tark etishga tayyorman. Qo‘qon futboli qanchalik ko‘tarilsa, xursand bo‘laman.

Bugun darvozabonimiz Islom Abdullaev Superligada debyut qildi. U o‘z ishini yaxshi bajardi. Birinchi taymda jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.

Murod Xolmuhammedov jarimadan to‘pni sheriklariga oshirmoqchi edi. Men esa darvozaga tepishini aytdim. Gol urgani uchun menga qarab yugurdi.

Hamidjon Aktamov: - Bugun birinchi taymda harakatlarimiz unchalik qovushmadi. Tanaffusdan so‘ng oldinga o‘tdik. Ammo referi uchrashuvni to‘xtataverib, hujumlarimizni uzib qo‘yaverdi va ikki marta raqib darvozasiga jarima to‘pini qo‘yib bermadi. Bunday hakamlik bilan o‘zbek futboli qaergacha boradi, bilmayman.

Komissar va nazoratchi bilan videoni ko‘rib chiqdik. Hakam ikkita qo‘pol xato qilgan. Ikkala jamoaning o‘yini chiqmadi. O‘zimizda ham ayb bor. To‘xtasinov bunday bellashuvlarni buzaverib tajribali bo‘lib ketgan. Biz PFLga rasmiy shikoyat xati yozdik.

Elgujaning o‘yini chiqmayapti? U hali ham to‘liq tayyor emas. Ammo jamoaga yordam beray deb maydonga tushmoqda.

 

AGMK – BUNYoDKOR 0:1

Olmaliqda AGMK mehmoni bo‘lgan «Bunyodkor» safardan g‘alaba bilan qaytdi.

Xabaringiz bor, mavsum avvalida har ikkala jamoa tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergandi. Xususan, o‘tgan yili «Bunyodkor»da faoliyat yuritgan murabbiylarning aksari va ayrim futbolchilar ayni paytda AGMK sharafini himoya qilishmoqda. Aksincha, 2018 yil olmaliqlar safida to‘p tepgan Lutfulla To‘raev bu yil «Bunyodkor» a’zosi. Shu kuni sobiqlar bir-birlariga qarshi maydonga chiqishdi. Ahamiyatlisi, o‘yindagi yagona golga olmaliqliklarning sobiq sardori Lutfulla To‘raev mualliflik qildi.

Umuman olganda, golning yuzaga kelishida Akbar To‘raevning aybi katta. To‘g‘ri, yomg‘ir yog‘ayotganligi uchun sekin kelgan to‘pni ushlay olmagandir, ammo posbonga raqib futbolchisi halaqit qilmayotgandi. Shu bois ham Akbar To‘raev bu holatda xatoga yo‘l qo‘ydi. Burchak zarbasidan so‘ng “qaldirg‘ochlar” kombinatsiya uyushtirishdi, mezbonlar vakili esa mehmonlarni yiqitdi. «Bunyodkor»ning tajribali yarim himoyachisi birinchi taym oxirida chap qanotdan belgilangan jarimadan to‘pni darvozaning uzoq burchagiga joyladi. Lutfulla bu muvaffaqiyatni nishonlamadi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada Jasurbek Hakimov darvozani ishg‘ol qildi. Ammo hakam golni hisoblamadi. Sababi hujumchi posbonga to‘pni egallab olayotganda halaqit bergandi.

Shu tariqa Qosimov – Abramov duelida poytaxt jamoasi ustozining qo‘li baland keldi. Karlenovich yoshlar bilan ham natija ko‘rsatsa bo‘lishini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi.

Gol: Lutfulla To‘raev 39

AGMK: Akbar To‘raev, Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov, 67), Dilshod Jo‘raev, San’at Shixov, Zafar Polvonov (Jasurbek Hakimov, 76), Zohir Pirimov (Kamron Saydazimov, 46), Jasur Hasanov, Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sherzod Fayziev, Boburbek Yuldashev

Zaxira: Suhrob Sultonov, Murodjon Toshmatov, Mirg‘iyos Sulaymonov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Sardor Rahmonov, Shahboz Umarov.

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Jasur Jaloliddinov (Abdulla Abdullaev, 67), Xurshid G‘iyosov (Bobur Farhodov, 90+2), Javohir Qaxramonov (Ulug‘bek Abdullaev, 83), Lutfulla To‘raev, Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov

Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Sergey Proxorov, Vladislav Nuriev, Sanjar Rihsiboev, Suhrob Izzatov, Muhammadodil Qahramonov.

Ogohlantirishlar: San’at Shixov 31, Mirjahon Mirahmadov 43, Boburbek Yuldashev 84, Jasurbek Hakimov 90+1

1420 muxlis.

Vadim Abramov: - G‘alaba qozonishni istagan ikkita jamoa to‘qnashdi. Menimcha, muxlislarga yoqadigan uchrashuv kuzatildi.

Yomg‘ir xalal bergani yo‘q. Bu erda maysa baland, shu bois to‘p tezroq yurdi. Bunday havoda ham o‘ynashni bilish kerak. Bu futbolchilarga u qadar katta muammo emas.

O‘rtoqlik bahsida ham AGMKni yutgandik? Ikki bellashuvni solishtirish to‘g‘ri emas. Tarkiblar o‘zgacha edi.

Ochkolar yig‘ishda davom etayotganimiz, albatta, qoniqarli. O‘z maydonimizda hali umuman to‘p tepmadik. Oldinda yana safardagi ikkita bahs kutib turibdi. Futbolchilar g‘alaba qozonishmoqda, ammo hozircha, maosh olish nasib etmayapti. Balki yaqin vaqt ichida bu narsa o‘zgarar va yigitlar yanada ko‘proq kuch bilan harakat qilishda davom etishadi.

Zuhurov tajribali darvozabon. Unga alohida rahmat. Bosiqligi bilan jamoaga ishonch bag‘ishlab turdi. Keyingi uchrashuvlarda ham shunday o‘ynashiga umid qilaman.

Mirjalol Qosimov: - Chiroyli, shiddatli va jangovor bahs o‘tishini kutgandik. Shunday ham bo‘ldi. "Bunyodkor" jamoasini juda yaxshi bilamiz. Birinchi taymda kerakli joylarda to‘pni yo‘qotaverdik, xatolar, qolaversa, yomg‘ir... Oddiy vaziyatda gol qo‘yib yubordik. Lutfulla To‘raev zarba berdi, Akbar To‘raevdan bunday xatoni kutmagandim. Futbolda har xil holatlar uchrab turadi. Albatta, poytaxtliklar ham yaxshi harakat qilishdi, ularni g‘alaba bilan tabriklayman.

Legionerlar nega yo‘q? Ular jamoaga qo‘shilib keta olishmayapti. Umuman qolgan futbolchilar ham bir jamoa bo‘lib jipslasholmayapti. Buning ustida ishlayapmiz.

Bitta etakchi etishmayapti. Yil boshida kerakli futbolchilarni ololmadik. Dilshodni ham himoyada o‘ynatishga majbur bo‘layapman.

 

NAVBAHOR – SURXON 3:0

Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida kechgan mazkur bahs printsipial ahamiyatga ega edi. Boisi, o‘tgan mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qilgan bir qator futbolchilar bu yil termizliklar safida o‘ynashayotgandi. Shu bois, uchrashuvning qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechishi kutilgandi. Ta’kidlash joizki, voqealar rivoji amalda ham shunday tus oldi.

Birinchi taymdan Andrey Miklyaev shogirdlari himoyalanish va vaqtni cho‘zish bilan ovvora bo‘lishdi. Natijada “lochinlar” ularning himoya qo‘rg‘onini yorib o‘tishda qiynalishdi.

75-daqiqagacha uchrashuvda hisob ochilmadi. Aynan shu pallada himoyachi Obid Jo‘raboev o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi.

Mehmonlar hisobni tenglashtirish maqsadida oldinga tashlanishdi hamda ularning himoyasida bo‘sh hududlar yuzaga keldi. Bu esa mezbonlarga qo‘l kelib, ular qarshi hujumlardan samarali tarzda foydalanishdi. Jumladan, 89-daqiqada Azim Ahmedov 20 metrlar chamasi uzoqlikdan kuchli zarb bilan “Surxon” darvozasini ishg‘ol qildi.

Rossiyalik hujumchi Aleksandr Kasyan hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Mirzohid G‘ofurovning uzatmasini golga aylantirdi.

Ushbu g‘alaba Andrey Kanchelskis jamoasini turnir jadvalida yuqorilashiga zamin yaratdi.

Gollar: Obid Jo‘raboev 75, Azim Ahmedov 89, Aleksandr Kasyan 90+3

Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich, Oston O‘runov (Abbos G‘ulomov, 81), Azim Ahmedov, Shahzod Shaymanov (Elman Tagaev, 58), Ivan Solovyov (Aziz Ibragimov, 86), Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboev, Mirzohid G‘ofurov, Abdujamol Isroilov, Jahongir Mehmonov.

Zaxira: Dilshod Hamroev, Mirzohid Mamatxonov, Bahodir Nasimov, Hojiakbar Yunusov, G‘iyosjon Komilov

Surxon”: Asilbek Amanov, Abduqahhor Hojiakbarov, Ayubxon No‘’monov, Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Salomov (Ravshanbek Xursanov, 88), Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliev (Ubaydullo Xaliqulov, 90+2), Darko Stanoevich, Sherzod Hakimov (Abdul Aziz Yusupov, 79).

Zaxira: Sardor Qobuljonov, Najmiddin Normurodov, Abbosbek Maxstaliev, Suhrob Ne’matov, Sanjarbek Ahmedov, Sarvar Soliev.

Ogohlantirishlar: Husniddin G‘ofurov 5, Darko Stanoevich 20, Oston O‘runov 51, Ayubxon No‘’monov 56, Asilbek Amanov 65, Azim Ahmedov 69, Obid Jo‘raboev 84

7122 tomoshabin.

Andrey Miklyaev: -  Avvalo, bugungi yutuq bilan “Navbahor” jamoasini tabriklayman. Namanganliklar juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Shogirdlarim esa buning uddasidan chiqa olishmadi va hujumlarimiz o‘xshamadi. Himoyachilar esa birinchi to‘p o‘tkazib yuborilgunga qadar ijobiy taassurot qoldirishdi. Darvozamiz ishg‘ol qilinganidan so‘ng, shogirdlarim hisobni tenglashtirish uchun oldinga o‘tishdi. Buning natijasida uchrashuvning oxirgi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtida “Navbahor” futbolchilari qarshi hujumdan 2 ta gol urishdi.

Andrey Kanchelskis: -  Bugungi uchrashuv uchun yigitlar va bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Haqqoniy tarzda g‘alaba qozondik. Mazkur bahsga ishtiyoq katta bo‘lgandi. Xayriyat, nihoyat, xavfli vaziyatlardan samarali tarzda foydalanyapmiz va gollar uryapmiz. Shunday o‘yin namoyish etishda davom etamiz. Ushbu muvaffaqiyat bilan barchani tabriklayman.

Avvalgi bellashuvlarda ham yigitlar yaxshi harakat qilishgandi. Faqat natija ijobiy bo‘lmagandi. Jamoamizda xarakter bor. Qatorasiga ikkita mag‘lubiyatdan so‘ng, ular birlashishdi.

Shogirdlarim maydonning har bir qarich eri uchun kurashishdi. Bu esa meni quvontirdi. Tarkibda biroz o‘zgarishlarni amalga oshirdik va bu o‘z mevasini bermoqda.

 

SO‘G‘DIYoNA – METALLURG 2:1

Ulug‘bek Baqoev “So‘g‘diyona” klubi bosh murabbiyi bo‘lgani borasida ma’lum qilgandik. Baqoevning Jizzaxdagi ilk o‘yini “Metallurg”ga qarshi bahsga to‘g‘ri keldi va uchrashuv mezbonlar uchun ijoyib yakunlandi.

Maydon egalari dastlabki daqiqalardan hujumga otlanishdi. Ketma-ket zarbalar bekobodliklarni havotirga solayotgandi. 26-daqiqaga kelib Shohruz Norxonov maqsadiga erishdi.

Bundan avval hujumchi yaqin masofadan gol ura olmagandi. Ammo chap qanotdan juda kuchli zarba bilan mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Bu vaziyatda raqib posboni tomoshabin vazifasini bajardi xolos.

Ikkinchi taymda Elyor Orifov 20 metrlar uzoqlikdagi standartdan samarali foydalanib, to‘pni to‘rga kiritdi.

76-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pni Shirinboy Abdullaev ushlab qololmadi. Natijada, Bahodir Pardaev yiqilib bo‘lsa-da, gol urdi.

Bekobodliklar qolgan vaqt mobaynida hisobni tenglashtirish uchun rosa ter to‘kishdi. Ammo mezbonlar g‘alabani ushlab qolishga erishishdi.

Gollar: Shohruz Norxonov 26, Elyor Orifov 64, Bahodir Pardaev 76

So‘g‘diyona”: Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov (Izzatilla Abdullaev, 46), Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboev, 78), Oybek Nurmatov (Sahob Rashidov, 58), Shohruz Norxonov, Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov.

Zaxira: Milan Mitrovich, Siroj Meliev, Murod Rajabov, Sherzod Shakirov, Dian Talxatov, Daniel Nasriddinov.

Metallurg”: Zafar Safoev, Abbos Otaxonov, Bahrom Abdurahimov, Zohid Abdullaev (Bahodir Pardaev, 68), Muzaffar Muzaffarov (Islom Isoqjonov, 58), Shavkat Mullajonov, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Andrey Shipilov, Akbar Ismatullaev, Sergey Tumasyan (Suhrob Nurulloev, 46).

Zaxira: Aleksandr Lobanov, Akmal Tursunboev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Doniyor Usmonov, Xudoyshukur Sattorov, Muhammad Isaev.

Ogohlantirishlar: Muzaffar Muzaffarov 27, Zohid Abdullaev 35, Sardor Qulmatov 36, Andrey Shipilov 67.

2081 tomoshabin.

Andrey Shipilov: - Raqibga yangi murabbiy tayinlaganidan qo‘rqqandim. Chunki yangi murabbiy doim yangi motivatsiya degani. Bunday jamoalarda ruhiy ko‘tarinkilik bo‘ladi. Jizzaxliklar bosimdan yaxshi chiqib ketishdi.

Serverning jarohati bizni ranjitdi. Hozir uning holati qandayligini aniq bilmayman. Umid qilamanki, Jeparov tez orada safga qaytadi. Ko‘p xato qildik. O‘tkazib yuborilgan ikkita golda ham hujum “aut”dan boshlangandi. Raqib bundan yaxshi foydalandi. Zichroq o‘ynashimiz kerak edi. Jizzaxliklar safida Norxonov va Maxaradze kabi nostandart harakatlanadigan futbolchilarni e’tibordan chetda qoldirmasligimiz shart edi. Urilgan gollarda darvozabonni ayblay olmayman.

Ulug‘bek Baqoev: - Ketma-ket 3 mag‘lubiyatdan so‘ng yigitlarda biroz o‘zlariga ishonch yo‘qolgan edi. Shu sababdan ham bugun yaxshi natija qayd etishimiz shart edi. Futbolchilarga borlarini berib harakat qilishgani uchun rahmat. Ajoyib qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga ham tashakkur. Bugun oldinga qadam tashladik, deb o‘ylayman. Lekin hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Endi bor diqqat-e’tiborimizni navbatdagi uchrashuvga qaratamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!