Andijon viloyatida uyushmagan yoshlarni sportga jalb qilish va jinoyatchilikka barham berish borasida tadbir bo‘lib o‘tdi

Sharq yakkakurash va jang san’ati markazi bilan hamkorlikda viloyatlar ichki ishlar boshqarmasi hamda hukumat organlari tomonidan uyushmagan yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlarni yo‘q qilish va ularni sport bilan band qilish borasidagi o‘ziga hos ishlarni amalga oshirish, bu borada tadbirlar tashkil etish yo‘lga qo‘yiluganligi haqida xabar berib o‘tgandik va dastlab ushbu masadning amaliy ifodasi Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgani borasida ham ma’lumotga egasiz. Navbatdagi tadbir Andijon shahrida bo‘lib o‘tdi. Sharq yakkakurashlari va jang san’ati markazi nomidan doimgidek K-1 federatsiyasi rahbari Jasur Ne’matov o‘z fikrlarini, maqsad va vazifalarini atroflicha Andijon sporti va xuquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilariga bayon qilib berdi. Ayniqsa, mehribonlik uylarini murabbiylar bilan ta’minlash borasidagi ajoyib g‘oyasini barcha qo‘llab-quvvatladi. Mazkur tadbirga bo‘lgan qiziqish juda kuchli bo‘ldi. Sababi, mexribonlik uylari, Sharq yakkakurashlari va jang san’ati markazining Andijon bo‘limi, BO‘SM, yakkakurash turlari federatsiyalari, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Andijon viloyati hokimiyati, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Andijon viloyati hokimiyati va ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishtiroki ham bunga yaqqol misol bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda andijonliklar bir yoqadan bosh chiqarib, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka barham berish yo‘lidagi ushbu ishlarni amalga oshirishga bel bog‘lashdi.

photo_2019-10-07_09-56-47

photo_2019-10-07_09-56-54

photo_2019-10-07_11-25-20

photo_2019-10-07_11-25-23

photo_2019-10-07_11-25-28

andijon

jvs1

andi

photo_2019-10-07_11-25-26

andij

jas8

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!