Andijonda eng kuchli sambochilar aniqlandi
Andijonda sambo bo‘yicha viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 1998-99 yillarda tug‘ilgan sportchilar 6 aazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Oybek Usmonov (52 kg), Abdurahmon Habibullaev (57 kg), Navruz Nazarov (62 kg), Husniddin Sadirdinov (68 kg), Sardorbek Sharobiddinov (74 kg) va Temur Komiltopov (84 kg) o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Endi musobaqa g‘oliblari sambo bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatida ishtirok etishadi.

Fikrlar