"Andijon"da Shatskixning yordamchisi ham e’lon qilindi

  • 14 may, 02:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar davom etadi. Ma’lumki, klub matbuot xizmati bosh murabbiy lavozimini Maksim Shatskix egallagani haqida e’lon qilgandi. Unga yordamchi sifatida esa ukrainalik 54 yoshli mutaxassis Vitaliy Vasilevich Shpanyuk tayinlanganligi xususida ham rasmiy xabar berildi. 

Tecno

Shpanyuk 1971 yilning 12 fevral kuni Ukrainada tavallud topgan. Pro lisenziyasiga ega bo‘lgan mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida “Kremen” (Ukraina), “Arsenal” (Kiev, Ukraina), Ukraina terma jamoasi, “Slavutich” (Ukraina), “Karpati” (Ukraina), “Anji” (Rossiya), “Dinamo” Tbilisi (Gruziya), “Lvov” (Ukraina), “Vorskla” (Ukraina), “Rotor” (Rossiya) va “Paxtakor” klublarida ishlagan. 

Aynan “Paxtakor” klubida Maksim Aleksandrovichning murabbiylar shtabida samarali mehnat qilgan. Endilikda esa Shpanyuk “Andijon” jamoasida Shatskixga yaqindan yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азиз Султанов
14/05/2025 09:02
Бугунки кунда Андижон фанатлари энг зурларидан, кучли клубга, тренерларга, футболчиларга хакли шахар. Ишларга омад !