"Andijon"da yangi vitse-prezident ish boshladi
“Andijon” jamoasining rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Jamoaga yangi vitse-prezident tayinlandi.
Endilikda jamoa vitse-prezidentligi lavozimida Nuriddinov Jahongir Mutallibjonovich faoliyat olib boradi.
Ma’lumot uchun, Nuriddinov Jahongir Mutallibjonovich “Uz-Tong Hong ko” o‘zbek-koreya qo‘shma korxonasida boshqaruv raisining 1-o‘rinbosari, xorijiy investitsiyalar ishtirokida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Tashkent Cotton Textile CLUSTER” korxonasining iqtisodiy rejalashtirish va investitsiyalar bo‘limi rahbari va “TCT RICE” mas’uliyati cheklangan jamiyati moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
“Andijon” jamoasi Jahongir Mutallibjonovich rahbarligida Namangan shahrida “Navbahor” jamoasini mag‘lub etib, yangi tarix zarvaraqlarini ochdi. Jahongir Mutallibjonovich “Andijon” jamoasiga ikkinchi davrada bir qator yangi, tajribali futbolchilar kelib qo‘shilishini ta’kidlab o‘tdi. Umid qilamizki, bunday g‘alabalar bardavom bo‘ladi va yuqori marralar zabt etiladi!
“Andijon” oilasiga xush kelibsiz, Jahongir Mutallibjonovich, - deya xabar bermoqda, klub matbuot xizmati.

Fikrlar