
"Andijon"ga yana bir murabbiy keldi
Yaqinda "Andijon" jamoasiga Otabek G‘ulomxo‘jaev bosh murabbiy etib tayinlanganidan xabaringiz bor. Murabbiylar shtabida unga Doniyor Usmonov bilan Sergey Chigodaev yordam berishi aytilgandi. Ammo Usmonovdan farqli o‘laroq, Chigodaev ayrim sabablarga ko‘ra, “Andijon”da faoliyat olib bormasligi ma’lum bo‘ldi.
Shu bois, murabbiylar shtabiga boshqa bir mutaxassis – Sherzod Sharipov taklif etildi. U futbolchilik faoliyati davomida “Andijon” klubida ham to‘p surgan. Shu sababli mahalliy muxlislar Sherzod Sharipovni yaxshi biladilar. Ta’kidlash joizki, ilgari “Navbahor”da Ilhom Mo‘minjonovga ham yaqindan yordam bergan.
Fikrlar