"Andijon"ning navbatdagi raqibi - O‘zbekiston U-20 terma jamoasi!

  • 25.07.2022 16:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Andijon” jamoamiz oldindan rejalashtirilganidek, nazorat bellashuvlarida ham ishtirok etmoqda.

Hozirgacha “Metallurg” va “Qizilqum”ga qarshi o‘yinlar tashkil qilindi. Oldinda esa 29 iyul kuni Tojikistonning amaldagi chempioni “Istiqlol” jamoasi bilan bahs kutmoqda.

Ammo shuni qo‘shimcha qilmoqchimizki, jamoamizning nazorat uchrashuvlari soni yana bittaga ko‘paydi. 28 iyul kuni “Andijon” Ravshan Haydarov ustozlik qilayotgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan ham nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin Chig‘atoy sport bazasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda murabbiylar shtabi yosh futbolchilarga imkoniyat berishi ko‘zda tutilgan.

anons

Ma’lumot uchun jamoamizning iqtidorli o‘yinchilaridan biri Sherzod Esonov ayni paytda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashmoqda.  

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!